Germaniyalik shifokorlar Navoiylik bolajonlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi
Germaniyalik shifokorlar Navoiylik bolajonlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi
2026-yil 9-oktabr kuni “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Navoiy viloyati hududiy filiali tomonidan Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi 3 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar Samarqand shahriga olib borildi.
Safar davomida bolajonlar germaniyalik malakali mutaxassislar — travmatolog-ortoped, bolalar urologi hamda plastik jarroh tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Ko‘rik jarayonida shifokorlar bolalarning salomatligini tekshirib, ularning holatidan kelib chiqib, zarur tibbiy tavsiyalar berdilar.
Mazkur tadbir bolalar salomatligini muhofaza qilish, ularning sog‘lom o‘sib-ulg‘ayishiga ko‘maklashish hamda malakali tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan ezgu tashabbuslardan biridir.


