Baxmal tumanida tibbiy ko‘rik va xayriya tadbirlari o‘tkazildi
2026-yil 5–8-oktabr kunlari “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Jizzax viloyati filiali tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘chma brigadasi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Baxmal tumanida tibbiy ko‘riklar tashkil etdi.
Ko‘rik davomida “D” nazoratidagi bemorlar, “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlar, keksalar va o‘smir qizlardan jami 327 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ehtiyojmand oilalarga shifokorlar tavsiyasiga asosan 240 o‘lchov birligidagi dori-darmonlar va ko‘zoynaklar bepul tarqatildi.
Shuningdek, yotib qolgan bemorlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning holidan xabar olinib, aholi o‘rtasida mavsumiy kasalliklar, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari, papilloma virusi hamda tibbiy ko‘rikning ahamiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.


