Xatirchi tumanida 399 nafar fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
Xatirchi tumanida 399 nafar fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
2026-yil 5–8-oktabr kunlari “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Navoiy viloyati hududiy filiali tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘chma brigadasi Xatirchi tumani tibbiyot birlashmasi xodimlari bilan hamkorlikda 7-sonli oilaviy poliklinikaga qarashli Zarafshon, Yangi qurilish va Tinchlik mahallalarida yashovchi fuqarolarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.
Jami 399 nafar fuqaro, jumladan, 180 nafar ayol, 119 nafar bola va 100 nafar erkak tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan fuqarolar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘zoynaklar va bukletlar tarqatildi.
Aholi o‘rtasida erta turmush qurishning salbiy oqibatlari va sog‘lom turmush tarzi mavzularida tushuntirish ishlari olib borildi.


