Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Navoiy viloyat hududiy filiali TIB brigadasining Xatirchi tumanidagi faoliyati
2026-yil 14-oktabr kuni “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Navoiy viloyati hududiy filiali TIB brigadasi xodimlari Xatirchi tumanidagi 8-son oilaviy poliklinikada o‘z ish faoliyatini olib bordilar.
Tadbir davomida aholi salomatligini muhofaza qilish, sil kasalligini erta aniqlash va uning oldini olish, kasallik haqida aholining xabardorligini oshirish hamda zarur tibbiy ko‘riklardan o‘tishning ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.
Bunday tadbirlar aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va sil kasalligiga qarshi kurashish borasidagi profilaktik ishlarni samarali tashkil etishga xizmat qiladi.


