Yashnobod tumanida aholi uchun xayriya tibbiy ko‘rigi tashkil etildi
Yashnobod tumanida aholi uchun xayriya tibbiy ko‘rigi tashkil etildi
Joriy yilning 20-oktabr kuni “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining XKTIPB mutaxassislari tomonidan Yashnobod tumanidagi Fazogir mahallasi aholisi uchun xayriya tibbiy ko‘rigi tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rik davomida jami 60 nafar aholi tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazildi. Shundan 35 nafariga ultratovush tekshiruvi (UTT), 23 nafariga elektrokardiografiya (EKG) tekshiruvi o‘tkazildi.
Shuningdek, aholi salomatligini mustahkamlash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 31 nafar fuqaroga xayriya dori vositalari tarqatildi.
Mazkur xayriya tadbiri aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta aniqlash hamda tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.


