“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi brigadasining Nukus shahridagi tibbiy ko‘rik faoliyati
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi brigadasining Nukus shahridagi tibbiy ko‘rik faoliyati
“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi brigadasi Nukus shahrida joylashgan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugda harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlarini amalga oshirdi.
Tibbiy ko‘rik davomida fuqarolarning salomatligi mutaxassislar tomonidan tekshirilib, ularga zarur tibbiy maslahat va tavsiyalar berildi.
Mazkur tadbir harbiy xizmatchilar oilalari salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta aniqlash hamda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishga qaratilgan.


