Xatirchi tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi
Joriy yilning 19–20-oktabr kunlari Xatirchi tuman tibbiyot birlashmasi, tuman Mahallalar uyushmasi hamda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Navoiy viloyati hududiy filiali TIB brigadasi xodimlari hamkorligida Xatirchi tumanidagi 8-oilaviy poliklinikada Navro‘z va Tinchlik mahallalarida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tadbir davomida aholining salomatligi tekshirilib, 100 nafar fuqaroga ko‘zoynaklar hamda “Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari” va “Qarindoshga quda bo‘lmang” mavzularidagi targ‘ibot bukletlari tarqatildi.
Shuningdek, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kasalliklarning oldini olish va yoshlar salomatligini muhofaza qilish maqsadida “Qiz bola guldek nozik” hamda “Allergik kasalliklardan ehtiyot bo‘ling” mavzularida ma’ruzalar o‘qildi.
Mazkur tadbir aholi salomatligini mustahkamlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom turmush tarzi va tibbiy madaniyatni keng targ‘ib etishga qaratildi.


