Yashnobod tumanida aholi uchun xayriya tibbiy ko‘rigi tashkil etildi

Yashnobod tumanida aholi uchun xayriya tibbiy ko‘rigi tashkil etildi

Joriy yilning 21-oktabr kuni “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining XKTIPB mutaxassislari tomonidan Yashnobod tumanidagi Yashnobod mahallasida istiqomat qiluvchi aholi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rik davomida jami 52 nafar fuqaro tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Shundan 28 nafariga ultratovush tekshiruvi (UTT), 12 nafariga elektrokardiografiya (EKG) tekshiruvi o‘tkazildi.

Shuningdek, 19 nafar fuqaroga xayriya tariqasida dori vositalari va ko‘zoynaklar tarqatildi.

Tadbir doirasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda hafaqonlik kasalligining oldini olishga qaratilgan ma’ruzalar tashkil etildi. Ma’ruzalar davomida kasalliklarning oldini olish, salomatlikni asrash va sog‘lom hayot kechirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Mazkur xayriya tadbiri aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatishga qaratildi.