Sud ekspertizasi masalalariga bag‘ishlandi

Sud ekspertizasi masalalariga bag‘ishlandi

O‘zA, D.Esonova, 30.03.2012 17:39

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Dastlabki tergov va sudlov jarayonida ekspertiza o‘tkazishning dolzarb muammolari” mavzuida amaliy o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etgan mazkur tadbirda mamlakatimizda tergov va sudlov jarayonida ekspertiza o‘tkazish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratilganligi ta’kidlandi. 2010 yil 1 iyunda O‘zbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinishi sud ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish, sud ekspertizasini o‘tkazishda inson huquq va erkinliklariga rioya qilinishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Seminarda ekspertiza o‘tkazishda ana shu imkoniyatlardan samarali foydalanish, sud ekspertizasining asosiy turlari va ularni tayinlash tartibi, sud ekspertizasini harakatdan to‘xtatish usullari haqida fikr yuritildi.

Soha mutaxassislarining “Sud ekspertizasini o‘tkazish masalalari”, “Sud ekspertiza sohasida genetika yutuqlari”, “Sud tibbiy ekspertizasini tayinlash va takomillashtirish muammolari” mavzuidagi ma’ruzalari tinglandi. Shuningdek, sud ekspertizasining eng istiqbolli yo‘nalishlar

So‘nggi yangiliklar:

Yosh iqtidorlar ko‘rigi

Rag‘bat va e’tibor tashabbusga undaydi

Iste’dod va mahorat ko‘rigi

Manzarali daraxtlar yanada ko‘paymoqda

Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasidan – ishga

Javob berish