1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni.

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Bu sana tarixi 1925 yilga borib taqaladi. O‘sha yilda turli davlatlar ishtirokida Jyenevada ilk marta bolalar farovonligiga bag‘ishlab xalqaro konferensiya o‘tkaziladi. Konferensiyada ishtirokchi mamlakatlar bolalar kuni sifatida alohida sanani tanlashga kelishib oladi. Biroq qaysidir alohida sana taklif qilinmaydi, hamma o‘z madaniyatiga mos sanani tanlashi tavsiya qilinadi. 

1949 yilda esa sovet mamlakatlarida 1950 yildan boshlab 1 iyunni «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» sifatida nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va bu sana bayram qilina boshlanadi.

Bundan tashqari, BMT tomonidan belgilangan 20 noyabr sanasi ham Xalqaro bolalar kuni hisoblanadi. Ayrim davlatlarda bolalar kuni emas, bolalar haftaligi tarzida ham nishonlanadi.