Yangi mehmonxona ish boshladi

Yangi mehmonxona ish boshladi

O‘zA, Alisher Isroilov (surat), 29.03.2012 20:58


Suratda: “Sug‘diona Plaza” mehmonxonasi.

Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida sayyohlar uchun yana bir qulaylik yaratildi – yangi mehmonxona ishga tushirildi. Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida qad rostlagan “Sug‘diona Plaza” mehmonxonasida mehmonlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

“Sug‘diona golden tour” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilgan mazkur mehmonxona 56 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, lyuks xonalari, bar-restoran, konferensiya zali hamda avtomobillarning vaqtinchalik to‘xtash joyi ham mavjud.

– Mamlakatimizda turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi mehmonxona direktori Sherzod Vafoyev. – Mazkur mehmonxonani barpo etishdan maqsadimiz mamlakatimizga kelayotgan sayyohlar oqimining yanada kengayishiga o‘z hissamizni qo‘shishdir. Xizmat ko‘rsatish sifatining oshishi ana shunday ezgu maqsadga xizmat qiladi. Mehmonxonamizda sayyohlarning barcha talab-istaklari e’tiborga olingan.

So‘nggi yangiliklar:

Oila mustahkamligi va jurnalist mas’uliyati

Buyurtmachilar ko‘paymoqda

Milliy o‘yinlar jozibasi

Ob-havo ma’lumoti

Bosh sovrinni ko‘zlab…

Javob berish





Ойнинг машҳур мақолалари