Boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish maqsadida

Boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish maqsadida

O‘zA, F.Ubaydullayev, 30.03.2012 15:34

Mamlakatimizda xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilishidagi faolligini oshirish, qonuniy manfaatlarini, salomatligini muhofaza qilish borasida doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotir.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2004 yil 25 mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni xotin-qizlarning jismoniy, ma’naviy va intellektual saviyasini yuksaltirish, oila, onalik va bolalik manfaatlarini ta’minlash, millat genofondini yanada sog‘lomlashtirishda muhim dasturilamal bo‘layotir. Ayni paytda mazkur hujjat xotin-qizlar nodavlat notijorat tashkilotlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur tashkiliy-texnik sharoitlarni yaratish, ular ishini muvofiqlashtirishga ham xizmat qilmoqda.

Andijon davlat universitetida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmali seminar viloyatdagi ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan tuman, shahar xotin-qizlar qo‘mitalarining boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish masalasiga bag‘ishlandi. Unda xotin-qizlar qo‘mitalari boshlang‘ich tashkilotlari raislari, talaba va o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.

Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotlari o‘z faoliyatida qizlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ularni yot g‘oyalar ta’siridan asrab-avaylash, mustaqil hayotga tayyorlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Xususan, o‘quv muassasalarida “Orasta qizlar” to‘garaklarining tashkil etilgani qizlarimizning o‘z salomatligi, oila, jamiyat oldidagi mas’uliyatni teran anglashiga ko‘maklashmoqda.

Seminarda xotin-qizlar qo‘mitalari boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini yanada yaxshilash, ularning samarali ishlashi uchun zarur uslubiy, tashkiliy, huquqiy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Ilg‘or ish uslublari o‘rganilib, tashkilot yetakchilarining bilim va tajribalari oshirildi.

Tadbir ishtirokchilari universitetdagi “Orasta qizlar” to‘garagi, psixologik va huquqiy maslahatxona, “Ibn Sino” salomatlik markazining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir doirasida namoyish etilgan milliy va zamonaviy liboslar ko‘rgazmasi barchaga manzur bo‘ldi.

So‘nggi yangiliklar:

Yosh iqtidorlar ko‘rigi

Rag‘bat va e’tibor tashabbusga undaydi

Iste’dod va mahorat ko‘rigi

Manzarali daraxtlar yanada ko‘paymoqda

Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasidan – ishga

Javob berish