Dunyo polvonlari Gretsiyada bellashdi

Dunyo polvonlari Gretsiyada bellashdi

O‘zA, Zohir Toshxo‘jayev, 31.01.2012 18:16

Gretsiyaning Saloniki shahrida Kurash xalqaro assotsiatsiyasi musobaqalari taqvimiga kiruvchi 2012 yilning dastlabki nufuzli musobaqasi – “Islom Karimov” VIII xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. 2004 yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu xalqaro turnirda bu yil dunyoning yigirma mamlakatidan yuz nafardan ziyod sara polvonlar g‘oliblik uchun bellashdi.

Har bir mamlakat, har bir millatning o‘ziga xos milliy sport o‘yinlari bor. Xalqimizning uch yarim ming yillik tarixga ega milliy qadriyatlaridan bo‘lgan kurash Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan bugun jahon uzra jadal rivojlanayotgan zamonaviy xalqaro sport turiga aylandi. Istiqlolning dastlabki kunlarida Yurtboshimiz rahnamoligida milliy qadriyatlarimizni qayta tiklash, asrab-avaylash va rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor o‘zbek kurashining jahonga yuz tutishida muhim omil bo‘lmoqda.

Kurash xalqaro assotsiatsiyasidan ma’lum qilishlaricha, Olimpiya o‘yinlari vatani – Gretsiyada o‘tgan “Islom Karimov” VIII xalqaro turniri keskin va murosasiz bellashuvlarga boy bo‘lgan. Kurashning Yevropada jadal ommalashishiga xizmat qilayotgan mazkur turnirda polvonlar mutlaq vazn toifasida bellashdi.

Musobaqada gretsiyalik Vasilios Illiadis shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Ikkinchi o‘rin mezbonlardan Dionisis Iliadisga nasib etdi. Gruziyalik Georgiy Iyadze va bolgariyalik Ivan Iliyev bronza medal bilan taqdirlandi.

Kurash xalqaro assotsiatsiyasi 2012 yilgi musobaqalari taqvimidan yana yigirmaga yaqin qit’a va jahon miqyosidagi nufuzli sport anjumanlari, tadbirlar va musobaqalar joy olgan.

So‘nggi yangiliklar:

Jamiyat taraqqiyoti va jamoatchilik fikri

Dunyo polvonlari Gretsiyada bellashdi

Bo‘lg‘usi chempionlar maktabi

Sifat va mahsuldorlik oshmoqda

Xorijdan xabarlar

Мулоҳаза билдириш