XXII “San’at g‘unchalari” Respublika tanlovi 

PRESS-RELIZ

Damli va zarbli cholg‘u ijrochilarining 

XXII “San’at g‘unchalari” Respublika tanlovi 

 

Respublikamizda faoliyat yurgazib kelayotgan bolalar musiqa va san'at maktablari hamda ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylari o'rtasida yosh ijrochilarning Respublika tanlovi 2021 yil 27 mart kuni Toshkent shahrida boshlanadi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 20 noyabr kungi PQ-2435 -son "Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2016-2020 yilllarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risida"gi hamda 2017 yil 31 maydagi PQ-3022-son "Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktabrdagi 226-son "O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi hamda O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining qo’shma qaroriga asosan o‘tkazilmoqda.

Tanlovning maqsadi – mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan yosh ijrochilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va musiqa san’аtini targ'ib qilish bo’lib, mamlakatimizdagi yosh ijrochilar uchun eng nufuzli tanlovlardan biri hisoblanadi va u  yildan-yilga doimiy ravishda san'at va madaniyat ixlosmandlarida katta qiziqish uyg'otib, bu yo’nalishda yosh iste'dodlarga nafaqat o'z mahoratlarini namoyish etish, balki professional tajriba almashish, taniqli ustalardan maslahat va urnaklar olish uchun keng imkoniyatlar mambayi bo’lib kelmoqda.

Iqtidorli yoshlarni rag'batlantirish bo'yicha davlat dasturining barcha bosqichida 12000 dan ziyod ishtirokchilar tanlovda qatnashdilar, shulardan       qariyb 1500 nafari turli nomenasiyalarda laureat bo'lishga erishishdi. Natijada yosh ijrochilarning aksariyati o’z ijrochilik san’ati bilan O'zbekiston madaniyati va san'ati poydevarining kelajakdagi rivojiga ta’sir etuvchi muhim hissalarini qo'shdilar va umummilliy, jahon miqyosida o’ziga xos shuhratga erishdilar.

Bunday tanlovlarni o’tkazish va unda qatnashish ko'pgina yosh ijrochilar uchun yangi va yangi imkoniyatlarni ochadi, ularga katta hayot yo'lini ko'rsatib beradi. Bularning barchasi ishtirokchilarning yangi to'lqini uchun kuchli turtki va motivasiya imkoniyatlarini yaratib beradi. Shuning uchun nafaqat g'alaba, balki musobaqadagi ishtirokning o'zi ham muhim ekanligini alohida ta’kidlash lozim.

Tanlov 1998 yildan beri o'tkazib kelinmoqda. Bu yil XXII Respublika tanlovining saralash bosqichi yangi formatda – masofadan o'tkazildi.

Mazkur tanlovning hududiy bosqichlarida jami 525 dan ziyod ijrochilar ishtirok etib, shundan 207 nafar o'quvchilar tanlovning tashkiliy qo'mitaga yuborilgan video tasmalaridan onlayn tarzada nufuzli xakamlar xay'ati a'zolari tamonidan eshitilib, 90 nafar yosh iste'dod egalari bugun biz siz bilan guvohi bo'layotgan respublika bochqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdilar. Jami 63 ta mukofot tayyorlandi, 21 ta – mos ravishda birinchi, ikkinchi va uchinchi o'rinlar.

Loyihada Respublikaning turli hududlaridagi ishtirokchilarni birlashtirgan 2021-yilgi Respublika tanlovi, musiqa va san'atning 386 ta o'quv yurtlari ishtirok etdi. Bu yil ishtirokchilarning umumiy soni – o’quvchilar, o'qituvchilar va jo’rnavozlar bo'lib, Vatanimizning barcha viloyatlaridan 1000 kishidan oshdi.

An'anaviy san'at va madaniyat bayramiga aylangan ushbu tanlovni ishtirokchilar intiqlik bilan kutishdi. Tanlov 3 yo'nalishda rejalashtirilgan – yogo’ch-damli, mis-damli va zarbli asboblar, – kichik (11-13 yosh) va katta guruh (14-15 yosh) nominatsiyalari mavjud.

Yosh ishtirokchilarning ijodiy mahorati har bir yo'nalish bo'yicha hakamlar hay'ati tomonidan baholanadi.

Tantanali yopilish va taqdirlash marosimi 28 mart kuni O'zbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida bo'lib o'tadi. Bayramona kontsertning yorqin dasturida nominatsiyalar bo'yicha g'oliblarning yopilish marosimidagi musiqiy chiqishlar rejalаshtirilgan. G'oliblar diplom va sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Shubhasiz, ushbu tanlov milliy madaniyat va san'atni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun muhim loyihadir. Respublika tanlovi yangi nomlarni ochib beradi va mamlakatning barcha hududlaridagi iqtidorli bolalar uchun o'zlarini jiddiy musiqachi va artist sifatida taqdim qilish imkoniyatini beradi. Tanlovning barcha ishtirokchilariga ijodiy yo'llarida omad, yorqin g'alabalar va yutuqlar tilaymiz!

 

Damli va zarbli cholg‘u ijrochilarining 

XXII “San’at-G‘unchalari” 

Respublika tanlovi viloyatlar kesimidagi ishtirokchilar to‘g‘risida

 ma’lumot

Hududi / Ishtirokchilar soni


Qoraqalpog‘iston Respublikasi 8
Toshkent shahri 13
Toshkent viloyati 6
Navoiy viloyati 2
Andijon viloyati 26
Sirdaryo viloyati 2
Jizzax viloyati –
Xorazm viloyati 3
Qashqadaryo viloyati 2
Surxondaryo viloyati –
Namangan viloyati 7
Buxoro viloyati 1
Samarqand viloyati 13
Farg‘ona viloyati 11
V.Uspenskiy nomli RIMAL 10
V.Glier nomli RIMAL 17
MG RIMAL 86
Jami: 205
 

Nominatsiyalar bo‘yicha ishtirokchilar soni

Yo‘nalishi Ishtirokchilar soni
Yog‘och damli cholg‘ular 98
Mis damli cholg‘ular 75
Zarbli cholg‘ular 32
Jami : 207

 

Javob berish





Ойнинг машҳур мақолалари