SOG‘LOM OILA – MUSTAHKAM OILA

O‘zA, Hotam Mamadaliyev (surat),

19.10.2012 21:18

– Shu bugundan e’tiboran sizlarni bir oila deb e’lon qilaman! Namangan viloyati Chust tumani FHDYo bo‘limi boshlig‘i Nodira Jalolovaning deyarli har bir kuni mana shunday – ko‘zlari baxtdan porlab turgan kelin-kuyovlarning qonuniy nikohini qayd etish, ularning quvonchiga sherik bo‘lib, samimiy tilaklar bildirish bilan o‘tadi. O‘n besh yildan buyon shu sohada samarali mehnat qilib kelayotgan N. Jalolova davlatimiz mustaqilligining 21-yilligi oldidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. – Orzu-havas bilan qurilgan oila qo‘rg‘onining mustahkamligi sog‘lom turmush va salomatlik tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq, – deydi N. Jalolova. – Shu bois aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmushni targ‘ib etishga, nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning ahamiyati va samaralari xususida keng tushuntirish olib borishga harakat qilmoqdamiz. Tumanimizdagi umumta’lim maktablarida, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida, mahallalarda ushbu mavzularda muntazam davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Javob berish





Ойнинг машҳур мақолалари