TADBIRKORLAR OILASI (O‘zA)

Alisher Isroilov (surat), 17.10.2012 20:11

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga har tomonlama qulay shart-sharoit va imkoniyatlarni yaratib berish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ushbu sohada faoliyat yurituvchilar soni yildan yilga ortib, mamlakatimiz iqtisodining barqaror rivojlanishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Samarqand shahrining «Tadbirkorlar» mahallasida yashovchi Baxtiyor Qayumov va Xurshida Haqberdiyeva yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib “Xurshida shirinliklari” xususiy korxonasini tashkil etdi. Joriy yilning iyul oyidan o‘z faoliyatini boshlagan va besh kishi ishli bo‘lgan mazkur korxonada turli xil qandolatchilik mahsulotlari tayyorlanmoqda. Uning mahsulotlari aholiga manzur bo‘layotganini xaridorlar safi tobora kengayib borayotganidan ham ko‘rish mumkin.

Javob berish





Ойнинг машҳур мақолалари